Xudoybergan Zaripov — Xiva turizmi, mehmonxona boshqaruvi, guest experience va hospitality service yo‘nalishlarida amaliy tajribaga ega mutaxassis.
U Pakhlavon Hotel Group boshqaruvida ishtirok etib, Pakhlavon Hotel 1 va 2 filiallari, Jaloliddin Palace Hotel va Neo Khiva Hotel yo‘nalishlarida mehmonlarga qulay joylashuv, sifatli servis va Xivaning tarixiy muhiti bilan uyg‘un tajriba yaratishga e’tibor qaratadi.
Uning yondashuvi mehmonxonani faqat tunash joyi sifatida emas, balki mehmon xotirasida qoladigan tajriba, xizmat va atmosfera sifatida ko‘rishga asoslanadi.
“Mehmonxona — bu faqat xona emas. Mehmon eslab qoladigan taassurot, servis va muhit ham product’ning bir qismi.”


